Huquqiy
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil iyul
Ushbu sahifada SofaBed (sofabed.uz) saytidan foydalanganingizda qanday ma'lumotlar yig'ilishi, qanday ishlatilishi va qanday himoyalanishi haqida ma'lumot berilgan.
Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Saytdan foydalanganda quyidagi ma'lumotlar yig'ilishi mumkin: — Aloqa formasi yoki buyurtma berishda: ismingiz, telefon raqamingiz va xabaringiz matni — Ro'yxatdan o'tganda: ismingiz, telefon raqamingiz va parolingiz (shifrlangan holda saqlanadi) — Sharh qoldirganda: ismingiz, bahoyingiz va sharh matni — Sayt tashrifi haqida statistik ma'lumotlar (qaysi sahifalarga kirganingiz, qurilma turi) — Google Analytics va Yandex Metrika orqali
Savat (korzina)
Savatga qo'shgan mahsulotlaringiz faqat sizning brauzeringizda saqlanadi va serverga yuborilmaydi — faqat "Buyurtma berish" tugmasini bosganingizda, savat mazmuni xabar sifatida bizga yetkaziladi.
Ma'lumotlar qanday ishlatiladi
Yig'ilgan ma'lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: buyurtmangizni qayta ishlash va siz bilan bog'lanish uchun, mijozlar sharhlarini saytda ko'rsatish uchun (tasdiqlangandan so'ng), saytni yaxshilash uchun statistik tahlil uchun. Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga sotilmaydi yoki reklama maqsadida uzatilmaydi.
Cookie fayllar
Sayt Google Analytics va Yandex Metrika xizmatlaridan foydalanadi — ular tashrifingiz haqida statistik ma'lumot yig'ish uchun cookie fayllardan foydalanadi. Saytga birinchi marta kirganingizda buni tasdiqlash so'raladi.
Ma'lumotlar xavfsizligi
Parolingiz shifrlangan holda saqlanadi, uni hech kim (hatto biz ham) ochiq holda ko'ra olmaydi. Ma'lumotlaringiz xavfsiz serverda saqlanadi.
Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni o'chirishni yoki tahrirlashni so'rashingiz mumkin — buning uchun quyidagi manzilga murojaat qiling.
Bog'lanish
Maxfiylik bo'yicha savollaringiz bo'lsa: sofabeduzb@gmail.com
